Eronda AQSh qiruvchi uchog‘i urib tushirildi. Bedarak uchuvchini topish uchun kurash ketmoqda - (Video)

Bi-bi-si Verify ga mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarda tarqalgan uchoq qoldiqlari AQShning F-15E Strike Eagle uchog‘iga tegishli ekanini tasdiqladi.

Surat manbasi, STATE MEDIA

Surat tagso‘zi, Bi-bi-si Verify ga mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarda tarqalgan uchoq qoldiqlari AQShning F-15E Strike Eagle uchog‘iga tegishli ekanini tasdiqladi.
O'qilish vaqti: 4 daq

AQSh F‑15Ye qiruvchi uchog‘i Eron havosida urib tushirilgach, qidiruv-qutqaruv guruhi uning ekipaj a’zolaridan birini qutqardi, deb xabar beradi Amerika ommaviy axborot vositalari. Uchoqdagi ikkinchi ekipaj a’zosi taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda, lekin CBS News rasmiylarga tayanib, qidiruv davom etayotganini aytdi.

Eron davlat televideniesi uchoqning ba’zi qoldiqlarni topganini da’vo qilmoqda va hozirda uchoq qoldiqlarining tasvirlarini namoyish etmoqda. Eron ekipaj a’zosini qo‘lga olgan kishiga mukofot berishini aytgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, F-15E Strike Eagle qiruvchi uchog‘ining dum qanotida qizil chiziq bo‘lib, Eron davlat televideniesi ko‘rsatgan uchoq qoldiqlariga mos keladi. Biroq Eron televideniesidagi kadrlar qayerdan olingani aniq emas.

Bu Buyuk Britaniyadagi AQSh Havo kuchlari bazasi RAF Lakenhetdan uchayotgan F-15E Strike Eagle samolyotining arxivdagi tasviri.
Surat tagso‘zi, Bu Buyuk Britaniyadagi AQSh Havo kuchlari bazasi RAF Lakenhetdan uchayotgan F-15E Strike Eagle samolyotining arxivdagi tasviri.

Bu ikki vazifani bajaruvchi jangovar uchoqlar 24/7 havodan-havoga va havodan-erga hujum qilish imkoniyatlariga ega.

Bi-bi-si xavfsizlik tahlilchisi Mayk Kayning aytishicha, ekipaj a’zolarining maxsus kiyimida signalizator bo‘ladi. Uchib tushish sodir bo‘lgan zahoti, bu signalizator ularning joylashuvini uzatishni boshlaydi va jangovar qidiruv-qutqaruv guruhiga darhol signal beradi. U signal shifrlangan bo‘lishi ehtimoli yuqori, shunda eronliklar uni kuzata olmaydi, deydi u.

Qutqaruv guruhi tarkibiga ikki vertolyot va A-10 Warthog uchog‘i kirgani aytiladi. Shuningdek, F-15 samolyotidan qutqarilgan uchuvchini olib ketayotgan vertolyotlardan biri kichik o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgani natijasida bortdagi ekipaj a’zolari jarohat olgan. Biroq vertolyot xavfsiz qo‘ngani aytilmoqda.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

CBS xabar berishicha, A-10 Warthog samolyoti ham zarba olgan va uchuvchi Fors ko‘rfazi ustida katapult qilgan, keyinchalik esa qutqarilgan. Eron armiyasi davlat OAV xabarlariga ko‘ra, A-10 Warthog samolyotini urib tushirganini da’vo qilmoqda. Bu CBS xabar qilgan ayni o‘sha uchoqmi yoki boshqasi-mi, aniq emas.

Shuningdek, qidiruv amaliyoti olib borilayotgan paytda Isroil harbiylari ushbu hududda zarbalarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida ham xabarlar bo‘lgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikadagi NBC telekanaliga: "biz urushdamiz", degan va qiruvchi uchoqqa qilingan hujum Eron bilan olib borilayotgan muzokaralarga hech qanday ta’sir qilmasligini aytgan.

Avvalroq Bi-bi-si Verify urib tushirilgan F-15 qiruvchi samolyoti ekipaj a’zosi uchun qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borilayotgani aks etgan videoni tasdiqlagan edi.
Surat tagso‘zi, Avvalroq Bi-bi-si Verify urib tushirilgan F-15 qiruvchi samolyoti ekipaj a’zosi uchun qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borilayotgani aks etgan videoni tasdiqlagan edi.

"Ular uchuvchini topmaguncha taslim bo‘lmaydi"

AQSh Harbiy-havo kuchlarining Boeing KC-135 Stratotanker havoda yoqilg‘i quyish uchog‘ining arxiv tasviri. Mart oyida AQSh harbiylariga yonilg‘i quyish uchog‘idagi olti ekipaj a’zosi halokatga uchragan edi.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, AQSh Harbiy-havo kuchlarining Boeing KC-135 Stratotanker havoda yoqilg‘i quyish uchog‘ining arxiv tasviri. Mart oyida AQSh harbiylariga yonilg‘i quyish uchog‘idagi olti ekipaj a’zosi halokatga uchragan edi.

Mutaxassislar Bi-bi-siga aytishicha, urib tushirilgan AQSh qiruvchi uchog‘ining yo‘qolgan ekipaj a’zosini qidirish juda vaqtga bog‘liq jarayon, chunki Eron ham, AQShning jangovar qidiruv-qutqaruv guruhlari ham bir vaqtning o‘zida aynan shu xodimni topishga harakat qilmoqda.

"Bu men biladigan eng xavfli harbiy missiyalardan biri", deydi harbiy strateg va AQShning yuqori darajadagi diplomati bo‘lgan Jeyms Jeffri. U ilgari Suriya bo‘yicha maxsus vakil hamda IShIDga qarshi xalqaro harbiy aralashuv bo‘yicha maxsus elchi sifatida xizmat qilgan.

Bunday missiyalar ko‘pincha vertolyotlar orqali amalga oshiriladi. Ularni yonilg‘i quyish samolyotlari qo‘llab-quvvatlaydi, boshqa harbiy samolyotlar esa zarba berish va hududni patrul qilish uchun jalb etiladi. Juma kuni Erondan paydo bo‘lgan tasdiqlangan videolarda Xuziston viloyati ustida shunday operatsiya olib borilayotgani ko‘ringanga o‘xshaydi.

BBC
Bu men biladigan eng xavfli harbiy amaliyotlardan biri. Agar ozgina bo‘lsa ham imkoniyat bor deb hisoblashsa, ular uchuvchini topmaguncha taslim bo‘lmaydi.
Jeyms Jeffri
Harbiy mutaxassis (Batafsil: BBC.COM/UZBEK da o‘qing)

"Bu Havo kuchlarining maxsus operatsiyalar xodimlari bo‘lib, ular deyarli Delta Force va Navy SEAL Team Six darajasida tayyorgarlikdan o‘tgan, ular tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega", deydi Jeffri Bi-bi-siga. "Agar ozgina bo‘lsa ham imkoniyat bor deb hisoblashsa, ular uchuvchini topmaguncha taslim bo‘lmaydi".

Dushman hududi ustida samolyot urib tushirilganda, uning uchuvchisi va ekipaji ham bunday vaziyatlar uchun maxsus tayyorlangan bo‘ladi.

"Ularning birinchi vazifasi - tirik qolish va asirga tushmaslik", deydi Defense Priorities tahlil markazining harbiy tahlil bo‘yicha direktori va katta ilmiy xodimi Jenifer Kavanagh Bi-bi-siga.

"Shuning uchun ular, agar jismonan bunga qodir bo‘lsa va jarohatlari harakatlanishga to‘sqinlik qilmasa, katapult qilgan joydan imkon qadar tezroq uzoqlashishga va o‘zini yashirishga o‘rgatilgan, shundagina ular xavfsiz bo‘la oladi."

Kavanaghning qo‘shimcha qilishicha, ular tirik qolish usullarini ham o‘rganadi. Masalan, imkon qadar uzoq vaqt oziq-ovqat yoki suvsiz yashash, yoki mahalliy hududdan zarur resurslarni topish.

AQSh qiruvchi uchoqlari urib tushirilgan oldingi holatlar

So‘nggi bir necha o‘n yillikda AQSh qiruvchi samolyotining dushman kuchlari tomonidan urib tushirilishi juda kam uchraydigan holat hisoblanadi.

Mart oyining boshida Kuvayt ustida uchta AQShning F-15 qiruvchi samolyoti "ehtimoliy do‘stona o‘q uzish hodisasi" oqibatida urib tushirilganini AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qilgan. Barcha olti nafar ekipaj a’zosi xavfsiz tarzda katapult qilgan.

12-mart kuni g‘arbiy Iroqda ikki samolyot ishtirokidagi hodisada AQSh harbiy yonilg‘i quyish samolyotining barcha olti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lganini ham AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qilgan.

2003-yil, 7-aprelda AQShning F-15Ye Strike Eagle samolyoti Iroqda "Operation Iraqi Freedom" amaliyoti vaqtida urib tushirilgan. Hodisada uchuvchi Erik Das va qurol kuchlar ofitseri Vilyam Votkins halok bo‘lgan.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari memoriali saytiga ko‘ra, samolyot Qatardagi Al-Udeid aviabazasidan uchib chiqib, Iroqning Tikrit shahri yaqinidagi nishonlarga zarba berish uchun "muhim to‘sqinlik missiyasi"ni bajarishga yo‘l olgan edi.

AQSh Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 2003-yil, 8-aprelda Iroqning Bag‘dod shahrida AQShning A-10 Thunderbolt II samolyoti ham yer-havo raketasi bilan urib tushirilgan deb hisoblanadi. Samolyot qulashidan oldin uchuvchi xavfsiz tarzda katapult qilgan.

Yana bir F-15Ye qiruvchi uchog‘i 2011-yil, mart oyida Liviyaning shimoli-sharqida qulab tushgan. O‘sha paytda AQSh Dengiz piyodalari korpusi uchuvchini qutqarish uchun to‘rtta samolyot va ikkita vertolyot yuborilganini ma’lum qilgan.