Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Svetlana Aleksiyevichga

Сурат манбаси, RIA Novosti
2015 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga belorus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevich munosib topildi.
Nobel mukofoti nomzodlarini saralaydigan Shvetsiya akademiyasi e‘lon qilishicha, Svetlana Aleksiyevich ijodi "bizning zamonimizdagi hamdardlik va qahramonlikka haykal bo‘lib xizmat qiladigan turfa ovozli nasri bilan farq qiladi. O‘ziga xos ijodiy uslub - inson ovozlaridan sinchiklab tuzib chiqilgan kollajlari bilan Aleksiyevich bizning zamonamizni anglashimizni chuqurlashtiradi".
Mukofot sohibasiga 8 million Shvetsiya kronasi yoki 1 million 55 ming dollar atrofida mukofot puli beriladi.
Xabar qilinishicha, to‘qima bo‘lmagan ijodi uchun ijodkor oxirgi marta Nobel mukofoti bilan mukofotlanganiga 50 bo‘lgan va Aleksiyevich ushbu yuksak mukofotga sazovor topilgan ilk jurnalist bo‘lgan.
Shuningdek, u Nobelni olgan ilk belaruslik bo‘lgan.
Svetlana Aleksiyevichning ingliz tiliga tarjima qilingan va ko‘pchilikka tanilgan asari "Chernobldan ovozlar" bo‘lgan.
Bu 1986 yili ro‘y bergan Chernobl Atom elektr stantsiyasi portlashidan keyin insonlar hikoya qilib bergan fojealardir.
Aleksiyevichning Sovet-Afg‘on urushi qurbonlariga bag‘ishlangan "Tsinkdagi bolalar" kitob-xotirasi ham mashhur bo‘lgan, biroq ilk e‘lon qilganida ancha odamni g‘azablantirib, tanqidlarga ham sabab bo‘lgan.
Svetlana Aleksiyevichning tanqidiy qarashlari Belarus hukumatini ham g‘azablantirgan, ta‘qibga uchragan.
Uning telefoniga maxfiy eshitish qurilmasi o‘rnatilgani aniq bo‘lgan, ommaviy chiqishlar qilishi taqiqlangan.
2000 yildan keyin 10 yil davomida muhojirotda Italiya, Frantsiya, Olmoniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda yashagan. So‘ng yana Minskka qaytgan.
Svetlana Aleksiyevich 1948 yili Ukrainaning Ivano-Frankovsk shahrida tug‘ilgan.
Uning otasi belorus, onasi ukrain.
Otasining harbiy xizmati muddati tugaganidan keyin oila Belorussiyaga ko‘chib o‘tgan, Svetlana 1967 yildan 1972 Minsk Davlat universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Aleksiyevich "U voyny ne jenskoye litso" kitobi uchun Lenin komsomoli mukofoti bilan taqdirlangan.
U 2006 yili AQSh kitob tanqidchilari milliy mukofoti bilan, 2014 yili Frantsiyadagi San‘at va adabiyot ordeni bilan mukofotlangan.
Svetlana Aleksiyevich tarixda Nobel bilan mukofotlangan 14-ayol ijodkor bo‘lgan.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio






























