2014 yilgi Nobel mukofoti - frantsuz yozuvchisi Patrik Modianoga

Сурат манбаси, AFP
Shvetsiyadagi Nobel qo‘mitasi 2014 yilgi adabiyot mukofotiga frantsuz yozuvchisi Patrik Modianoni munosib topgan.
69 yoshli Patrik Modiano tarixiy yozuvchi sifatida tanilgan.
Asarlarining anchasida Frantsiyaning Olmoniya natsistlari tomonidan bosib olinganini qalamga olgan yozuvchini Nobel mukofoti qo‘mitasi "zamonamizning Marsel Prust"i deb atagan.
Nobel qo‘mitasi o‘z qarorini shunday tasvirlagan: "tasavvur qilish bo‘lgan inson taqdirlarini hamda ishg‘olning yoritilmagan hayot-dunyosini esga tushiradigan xotira san‘ati uchun" mukofotlanmoqda. "U biri-ikkinchisining aks-sadosi bo‘lgan ko‘plab kitoblarni yozgan. Bu kitoblar... xotira, o‘zlik va ilhom haqida".
Arafada bu yilgi adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti qaysi yozuvchiga taqdim qilinishi borasida bahslar qizidi.
Yapon yozuvchisi Xaruki Murakami va keniyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Ngugi va Siongo nomzodlari tilga olindi.
Bundan oldingi Nobel mukofotiga munosib topilgan frantsuz yozuvchisi Jan-Mari Gustav Leklezio bo‘lgandi.
U 2008 yili mukofotlangan.
Frantsiya Bosh vaziri Manuel Valls Patrik Modianoni "shubhasiz oxirgi yillardagi eng buyuk yozuvchi" deb atagan.
Patrik Modiano Parij chekkasidagi Bulon-Billankort shaharchasida biznesmen va aktrisa oilasida tug‘ilgan.
Uning ilk hikoyasi 1968 yilda nashr qilingan.
U Qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Patrik Modiano Parij shahrida istiqomat qiladi, juda kam intervyu beradi.
Hatto Nobel qo‘mitasi ham o‘z qarori haqida xabardor qilish uchun janob Modianoni topa olmagani haqida aytgan.
Yozuvchiga mukofot sifatida 800000 Shved kronasi, 1 million 100 ming AQSh dollaridan ziyod mablag‘ beriladi.
1901 yildan 2014 yilgacha adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan 111 ijodkor mukofotlangan.






























