Million yillar oldingi ajdodlarimiz kuchli ixtirochi bo‘lishgan. Hozir ham foydasini ko‘ryapmiz

To‘rtta tosh asbobdan iborat kompozit tasvir och sariq fonda joylashgan. Chap yuqoridagi tosh yorqin oltin va yer tuslari uyg‘unligi bilan ajralib turadi, sayqallangan ko‘rinishga ega va yuzasida aniq belgilar ko‘rinadi. O‘ng yuqoridagi tosh to‘q rangli, nohamvor va yirik kovakka ega bo‘lib, unga o‘ziga xos va eskirgan qiyofa bag‘ishlaydi. O‘ng pastdagi tosh yorug‘ o‘tkazuvchan va marvaridsimon ko‘rinishda, oq va och qo‘ng‘ir tuslarning yumshoq o‘tishlari yoriq yuzalarini yorqin ko‘rsatadi. Chap pastdagi tosh shishasimon yorug‘lik akslari, burchakli qirralari va qadimgi chaqish izlari bilan ajralib turadi, ko‘k-kum tushli fonga qarshi yaqqol ko‘rinadi.

Surat manbasi, David Braun

Surat tagso‘zi, Ular oddiy toshlarga o‘xshaydi, ammo millionlab yillar avval ular eng ilg‘or asboblar bo‘lgan, katta mahorat va aniqlik bilan yasalgan
    • Author, Pallab Gosh
    • Role, Fan muxbiri
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Shimoli-g‘arbiy Keniyada qilingan kashfiyot ko‘rsatishicha, millionlab yillar oldin yashagan ilk odamlar ehtimol ixtirochi bo‘lgan.

Tadqiqotchilar Namorotukunan deb nomlangan arxeologik qazilma joyida 2,75 million yil oldin yashagan ibtidoiy odamlar 300 ming yil davomida tosh qurollardan uzluksiz foydalanganini aniqladi.

Ilgarigi ma’lumotlar insonlarning asboblardan foydalanishi dastlab tasodifiy bo‘lganini ko‘rsatgan edi: beixtiyor rivojlangan, tezda unutilgan.

Namorotukunan topilmasi birinchi marta asbob yasash texnologiyasi minglab avlodlarga uzatilganini ko‘rsatdi.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan Vashingtondagi Jorj Vashington universiteti professori Devid Braunning ta’kidlashicha, Nature Communications jurnalida e’lon qilingan bu kashfiyot inson evolyutsiyasi haqidagi tushunchamizni tubdan o‘zgartirishga juda kuchli asos bo‘ladi.

"Biz quroldan foydalanish vaqtinchalik hodisa bo‘lib, keyin yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylagan edik. Ammo 300 ming yil davomida bir xil holat kuzatilganda, bunday deya olmaymiz," dedi u.

"Bu insondagi muayyan xulqning uzoq davomiyligidir. Asbobdan foydalanish odamlar va ularning ajdodlari orasida biz o‘ylaganimizdan ancha oldin boshlangan va uzoqroq davom etgan bo‘lsa kerak."

Bir insonning qo‘li qumli, mayda toshli yerda qisman ko‘milgan o‘tkir tosh asbobni ko‘rsatmoqda yoki ushlab turibdi. Manzara yaqindan olingan bo‘lib, atrofdagi tuproq va mayda toshlarning tuzilishi yaqqol ko‘rinadi. Fokus ehtimolan arxeologik qazish ishlari paytida topilgan yoki o‘rganilayotgan artefaktni kashf etish jarayonini anglatadi.

Surat manbasi, David Braun

Surat tagso‘zi, Tosh asboblar shunchalik o‘tkir ediki, tadqiqotchilar ularning ba’zilarida barmoqlarini kesib olishlari mumkin edi

Arxeologlar Namorotukunanda o‘n yil davomida daryo o‘zanlaridan yig‘ilgan toshlarning ehtiyotkorlik bilan urib tayyorlangan 1300 ta o‘tkir uchli parchalari, bolg‘achalar va tosh o‘zaklarini topdilar. Bular olduvaycha deb ataladigan texnologiya yordamida yasalgan bo‘lib, bu toshdan qurol yasashning ilk keng tarqalgan usuli hisoblanadi.

Bir xil turdagi qurollar uch xil qatlamda uchraydi. Qatlam qanchalik chuqur bo‘lsa, vaqt jihatidan shunchalik qadimiyroq hisoblanadi. Tadqiqot guruhining yetakchi geolog olimi, Braziliyadagi San-Paulu universiteti doktori Dan Palku Rolerning aytishicha, toshlarning ko‘pchiligi sifatiga ko‘ra maxsus tanlangan, bu esa ularni yasagan odamlar mohir va nimani izlayotganlarini aniq bilganini ko‘rsatadi.

"Bu joyda biz aql bovar qilmas darajadagi murakkablikni ko‘ryapmiz," deydi u BBC News'ga.

"Bu odamlar o‘ta ziyrak geologlar edi. Ular eng yaxshi xom ashyoni qanday topishni bilgan. Bu qurollar yaxshi ishlangan. Hatto, ularning ba’zilari bilan barmoqlarimizni kesib olishimiz mumkin."

Geologik dalillar ko‘rsatishicha, qurollardan foydalanish bu odamlarga iqlimning keskin o‘zgarishlariga bardosh berishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.

"Landshaft yam-yashil botqoqliklardan quruq, yong‘in ta’siridagi o‘tloqlar va yarim cho‘llarga aylandi," dedi Keniya Milliy muzeyi katta ilmiy xodimi Rahab N. Kinyanjuy.

Map of Kenya in East Africa, surrounded by Uganda to the west, Tanzania to the south, Ethiopia to the north, and Somalia to the east, with the Indian Ocean on its southeast coast. The map highlights a specific location named Namorotukunan Hill in northwestern Kenya, almost on the border with Ethiopia. Nairobi, the capital city of Kenya, is marked further south in the middle of the country. A small inset globe at the top left corner displays Kenya's position within Africa.

Odatda, bunday keskin atrof-muhit o‘zgarishlari hayvon populyatsiyalarini evolyutsiya orqali moslashishga yoki ko‘chib ketishga majbur qiladi. Ammo mintaqadagi asbob yasovchilar biologik moslashuv o‘rniga texnologiyadan foydalanib, yashab qolgan, deydi doktor Palku Roler.

"Texnologiya Sharqiy Turkananing ilk aholisiga tez o‘zgaruvchan landshaftda yashab qolish imkonini berdi – o‘zlarini muhitga emas, balki oziq-ovqat topish usullarini moslashtirish orqali."

Turli qatlamlardan topilgan tosh qurollar ko‘rsatadiki, uzoq va uzluksiz davr mobaynida bu ibtidoiy odamlar biologik evolyutsiyaga qarshi borib, atrof-muhit tomonidan boshqarilish o‘rniga, uni o‘zlari boshqarish yo‘lini topgan.

Bu esa insoniyat paydo bo‘lishining dastlabki bosqichida sodir bo‘lgan, deydi doktor Palku Roler.

"Asboblardan foydalanish shuni anglatadiki, ular muhitga moslashish uchun tanalarini o‘zgartirish orqali rivojlanishi shart emas edi. Buning o‘rniga ular oziq-ovqat topish uchun zarur texnologiyani – hayvon jasadlarini yorish va o‘simliklarni qazib olish uchun qurollar ishlab chiqdilar."

Rasmda yengil qiyalikli, eroziyaga uchragan jarlar bilan qoplangan och qumrang va qumli tepaliklardan iborat keng, quruq manzara tasvirlangan. Atrofda mayda yashil butalar va siyrak daraxtlar tarqalgan. Orqa fonda bir nechta gumbazsimon tepaliklar va o‘simliklar guruhlari ko‘rinadi, ularning ustidan oqsimon, sochilgan yumshoq bulutli och ko‘k osmon yopib turadi. Umumiy manzara quruq va nohamvor bo‘lib, uzoq vaqt oldin yo‘qolib ketgan suv oqimlari shakllantirgan qadimgi yer qiyofasini esga soladi.

Surat manbasi, David Braun

Surat tagso‘zi, Keniyaning Turkana havzasida joylashgan Namorotukunan qazilma maydoni qadimda qurib ketgan yirik daryoning sobiq yo‘li yaqinida joylashgan bo‘lib, u bir vaqtlar ilk odamlar va ularning ajdodlari qo‘nim topgan hudud bo‘lgan

Manzilgohda bunga dalillar bor: hayvon suyaklari sindirilgan va tosh qurollar bilan kesilgan, bu esa o‘zgarishlar davomida ular go‘shtni doimiy iste’mol qilganini ko‘rsatadi.

"Texnologiya qadimgi odamlarga ustunlik bergan," deydi doktor Palku Roler.

"Atrof-muhit o‘zgarishi bilan ularning oziq-ovqat manbalari ham o‘zgaradi, ammo texnologiyaga ega bo‘lganlari tufayli ular bu qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yangi oziq-ovqat manbalarini topa oladi."

Quruq, toshli manzarada siyrak o‘simliklar orasida arxeologik qazish maydonida bir guruh odamlar birgalikda ishlamoqda. Ayrimlari tiz cho‘kib, qisman ochilgan yer qatlamni ehtiyotkorlik bilan o‘rganmoqda yoki qazimoqda, biri esa yaqinda turib kuzatmoqda. Ularning diqqat bilan ishlashi yerdagi artefaktlar yoki qo‘rg‘onlarni izlash yoki o‘rganish jarayonini anglatadi.

Surat manbasi, David Braun

Surat tagso‘zi, Arxeologlar Keniyaning shimolidagi Namorotukunan qazilma maydonida 2,58 million yillik joyni qazishmoqda

Taxminan 2,75 million yil oldin bu hududda nisbatan kichik miyali eng qadimgi odamlarning ba’zilari yashagan. Bu ibtidoiy odamlar o‘zining evolyutsion ajdodlari bilan yonma-yon yashagan deb taxmin qilinadi: bu ajdodlar – "avstralopiteklar" deb nomlangan bo‘lib, ular tishlari kattaroq, shimpanze va inson xususiyatlari aralashmasidan iborat bo‘lgan.

Namorotukunanda mazkur asboblarni yasaganlar, ehtimol, shu guruhlardan biri yoki ikkalasi bo‘lgan.

Professor Braunning ta’kidlashicha, bu kashfiyot inson evolyutsiyasi bo‘yicha ko‘plab mutaxassislarning qurollardan uzluksiz foydalanish ancha keyin – 2,4 va 2,2 million yillar oldin, odamlar nisbatan kattaroq miyaga ega bo‘lgan paytda paydo bo‘lgan degan fikrini inkor qiladi.

"Gap shundaki, biz miya hajmi sezilarli darajada o‘sib borganini ko‘ramiz. Shuning uchun qurollardan foydalanish ularga bu katta miyani oziqlantirishga imkon berdi, deb ta’kidlanadi.

Ammo biz Namorotukunanda ko‘rayotgan narsa shuki, bu dastlabki qurollar miya hajmi o‘sishidan oldin yasalgan."

Ehtimol, biz bu qadimgi insonlar va ajdodlarimiz qobiliyatlarini juda past baholagan bo‘lishimiz mumkin. Aslida, texnologiyadan foydalanib muhit o‘zgarishlariga moslashish qobiliyatimiz ildizlari biz o‘ylaganimizdan ancha chuqur – 2,75 million yil avval, balki undan ham oldinroqqa uzanganini kuzatishimiz mumkin ekan.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue reading Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: