Kiev: Hujumchi ko‘chada o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi

Yaralanganlar orasida 12 yoshli bola ham bor

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Yaralanganlar orasida 12 yoshli bola ham bor
O'qilish vaqti: 1 daq

Hodisa poytaxt janubidagi Xolosiivskiy tumanida yuz berdi. Ukraina Ichki ishlar vaziri Ixor Klimenkoga ko‘ra, shu tumanda yashagan erkak ko‘chada odamlarga qarata o‘t ochgan va supermarketda bir necha kishini garovga olgan.

Klimenko hujumchi supermarketda politsiya bilan otishmada nobud bo‘lganini aytdi. Uning maqsadi nima bo‘lgani noaniq qolmoqda.

Qurbonlarning aniq soni ma’lum emas, ammo Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 kishi jarohatlangani va ular orasida 12 yoshli bola ham borligini aytdi.

Unga ko‘ra, ko‘chada to‘rt kishi o‘lgan va 30 yoshlardagi bir ayol keyinroq kasalxonada jon bergan. Hujumchi garovga olgan bir kishini ham o‘ldirgan.

Klimenkoga ko‘ra, politsiya muzokarachilari hujumchi supermarketda bo‘lgan vaqti u bilan 40 daqiqacha gaplashishgan va u «sarosimada» bo‘lgan.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

"U yerda yaralangan odam borligini bilgach, biz uni ko‘ndirishga urindik. Qon ketishini to‘xtatish uchun turniketlar olib kirishni taklif qildik. Lekin, u javob bermadi va u bir odamni o‘ldirgach, supermarketga bostirib kirish buyrug‘i berildi», - dedi vazir.

Uning aytishicha, hujumchi hech qanday talabni ilgari surmagan.

To‘rt garovgir so‘ngra ozod qilingan.

Supermarketdagi garov 40 daqiqacha davom etgan va bir kishi o‘lgan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Supermarketdagi garov 40 daqiqacha davom etgan va bir kishi o‘lgan

Ukraina Bosh prokurori Ruslan Kravchenko bildirishicha, hujumchi Rossiya poytaxti Moskvada tug‘ilgan 58 yashar odam bo‘lgan va u hujumda avtomatik quroldan foydalangan.

Qurol rasman ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lgan, hozirda uning litsenziyasi tafsilotlari va hodisaning o‘zi tergov qilinmoqda.

Zelenskiyga ko‘ra, hujumchi hozirda aksar qismi Rossiya bosqini ostida bo‘lgan Donetsk viloyatida yashagan va urushdan avval Ukrainadan ajralib chiqish uchun «uzoq vaqt» to‘qnashuvlarda qatnashgan.

Zelenskiy, shuningdek, hujumchi otishmani boshlashdan avval Kievdagi kvartirasini yoqib yuborganini aytdi.

Qo‘shnilarining aytishicha, u kvartirada 10 yilcha yashagan va qo‘shnilar bilan deyarli gaplashmagan.

Rossiya bilan urush yillarida Kiev tez-tez hujumlarga uchraydi, ammo bu kabi hodisalar deyarli yuz bermaydi.