Inson jasadini o‘g‘itga aylantirish: Buning ortida qanday maqsad turibdi?

Surat manbasi, Getty Images
- Author, Jorj Herd
- Role, BBC, Uels
- O'qilish vaqti: 6 daq
O‘nlab yillar davomida morglarda ishlagan Kristoffer Hyuz krematsiya yoki dafnga muqobil sifatida Buyuk Britaniyada inson tanasini kompostlash xizmatini yo‘lga qo‘yish niyatida harakat qilmoqda.
Terramatsiya – inson tanasini kompostlash, ya’ni uni o‘g‘itga aylantirish jarayoni. Buning uchun jasad organik moddalar solingan germetik idishga joylashtiriladi. Bir necha hafta ichida u to‘liq tuproqqa aylanadi.
Hozircha Buyuk Britaniyada terramatsiya qonuniy emas. Biroq Huquq komissiyasining ushbu masala yuzasidan hukumatga taqdim etgan tavsiyanomasi yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
AQShning bir nechta shtatlarida terramatsiya qonuniy hisoblanadi. Yaqinda o‘sha yerdan qaytgan druid Kristoffer Hyuzning ta’kidlashicha, bu amaliyot krematsiya yoki dafnga nisbatan "chuqur ekologik va ruhoniy jihatdan ma’noli" muqobil bo‘la oladi.
Ushbu maqolada inson tanasini kompostlovchi xizmatlar haqida ayrim o‘quvchilar uchun noxush tafsilotlar mavjud.
Teleboshlovchi, muallif va Anglsi druidlar ordeni rahbari Hyuz o‘ttiz yil davomida Buyuk Britaniya va xorijda koronerlar idorasida ixtisoslashgan morg xodimi bo‘lib ishlagan.
Ana shu ishdagi orttirgan tajribalari uni S4C telekanalining "Marw gyda Kris" ("Kris bilan o‘lmoq") hujjatli seriali uchun butun dunyoda xalqlarning o‘limga yondashuvlarini o‘rganishga undadi.
"Ochig‘ini aytsam, inson tanasini kompostlash muassasasiga bormagunimcha, dafn xizmatlari sohasida meni hayron qoldiradigan hech narsa qolmagan, deb o‘ylardim", deydi Hyuz.

Surat manbasi, Ffilmiau Twm Twm
Hyuz Vashington shtatidagi Sietl shahri yaqinida joylashgan, dunyodagi ilk inson tanasini kompostlash inshooti – "Return Home"ga bordi.
U yerda jasadlar dafn etilmaydi yoki krematsiya qilinmaydi, balki beda, somon va yog‘och qirindisi kabi organik moddalar solingan germetik idishga joylashtiriladi.
60 kundan so‘ng tanadan faqat serhosil, unumdor tuproq qoladi.
Bu tuproq mayitning oilalariga qaytariladi va ular marhumlar xotirasiga atab istalgan narsani ekish uchun foydalanishlari mumkin.

Surat manbasi, Ffilmiau Twm Twm
Hyuz bu jarayonni his qilish uchun maxsus idishlardan biriga o‘zi ham yotib ko‘rdi.
"Go‘yo yoz fasliga sho‘ng‘igandek his qildim o‘zimni", deydi u.
"Atrofim tabiiy organik moddalar bilan o‘ralgandi. Ulardan xushbo‘y hid kelardi.
O‘sha lahzada tanam shunchaki yo‘q bo‘lmasligini, aksincha, o‘zga holatga o‘tishini angladim.

Dunyo bo‘ylab o‘limga munosabatning qancha turini ko‘rgan bo‘lsam, bu ularning ichida eng tabiiy, eng samimiy va eng umidbaxshi bo‘lib tuyuldi".
Anglsiga qaytgach, Hyuz Vashingtonda ilk bor guvoh bo‘lgan narsa endi uning butun hayotiy maqsadiga aylandi.
Uning aytishicha, 1884 yilda vafot etgan besh oylik o‘g‘lini krematsiya qilishga uringani uchun Kardiffda sudlangan va o‘zini druid deb e’lon qilgan doktor Uilyam Praysning faoliyati unga ilhom bag‘ishlagan.
Prays sudda oqlangan va bu Buyuk Britaniyada krematsiyaga ruxsat beruvchi yangi qonun qabul qilinishiga yo‘l ochgan.
"Prays men uchun ham dafn xizmatlari mutaxassisi, ham druid sifatida doim ilhom manbai bo‘lib kelgan", deydi Hyuz.
"So‘ng terramatsiya haqida bilgach, o‘zimga: "21-asrda aynan bir druid hayotning yakuni va o‘limdan keyingi parvarishga yangicha yondashuvni olib kirishi mumkin-ku", dedim".
Hyuz va uning landshaft bo‘yicha professional tajribaga ega hamkasbi Kris Kuper-Heyz "Eterrna" loyihasiga asos solishdi. Ular bu tashabbus Buyuk Britaniyada inson tanasini kompostlashni taklif etuvchi ilk loyiha bo‘lishiga umid qilmoqda.
Ular yaqinda AQShdagi "Return Home" markazidan qaytishdi va Britaniyada terramatsiya bo‘yicha ta’lim olgan ilk mutaxassislardan biriga aylanishdi.
Ammo bu jarayonni o‘rganish yengib o‘tish kerak bo‘lgan to‘siqlarning eng osoni.

Surat manbasi, Ffilmiau Twm Twm
Huquq komissiyasining Buyuk Britaniya hukumati uchun tayyorlagan, dafn marosimining yangi usullari, jumladan inson tanasini kompostlash bo‘yicha tavsiyanomasi tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Bu hujjat amaldagi qonunlarga o‘zgartirish kiritish va terramatsiyaga ruxsat berish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Yaqinda Shotlandiyada "suvli krematsiya" deb ataladigan yangi usul qonuniylashtirildi.
Adliya vazirligi esa so‘nggi tahlil natijalarini kutayotganini ma’lum qildi.
"Biz dafn marosimining muqobil usullariga qiziqish ortib borayotganidan xabardormiz va Huquq komissiyasining hisobotiga o‘z vaqtida javob beramiz", dedi vazirlik rasmiysi.
Biroq, bu masalani hal qilish vakolati Uelsning o‘zida qoladi.
Uels hukumati Huquq komissiyasi hisobotini kuzatib borayotganini va "hujjat e’lon qilingach, Uels uchun tegishli jihatlarini ko‘rib chiqishini" bildirdi.
Hyuz inson tanasini kompostlash g‘oyasi asosli ekaniga shunchalik ishonadiki, u vafot etganidan so‘ng shu usulni istaydigan odamlarni hozirdanoq faol izlamoqda.
"Krematsiya jarayonida atmosferaga ko‘p miqdorda uglerod ajralib chiqadi, an’anaviy dafn marosimi esa yer va boshqa resurslarni talab qiladi", deydi Hyuz.
"Insonni kompostlash bizga yana bir – chuqur ekologik va ruhoniy ahamiyatga ega imkoniyatni beradi.
Jarayon so‘ngida siz o‘rmonlar o‘sishiga, bog‘larni oziqlantirishga, yangi hayotga turtki berishga qodir tuproqqa aylanasiz. Bu men tasavvur qila oladigan eng go‘zal davomiylik".
Hyuzning aytishicha, terramatsiya xizmati yo‘lga qo‘yilsa, uning narxi an’anaviy dafn marosimlari bilan bir xil bo‘lishiga ishonchi komil.
U AQShda bu xizmat narxi an’anaviy dafn marosimiga qaraganda ancha arzon ekanini ta’kidlaydi.
"SunLife" kompaniyasining dafn xarajatlari bo‘yicha har yili o‘tkazadigan tadqiqotiga ko‘ra, o‘tgan yili Buyuk Britaniyada oddiy dafn marosimining o‘rtacha narxi 3800 funt sterlingni tashkil etgan, gullar va taomlar uchun esa qo‘shimcha 1300 funt sterling sarflangan.
Xizmatlarning yarmidan ko‘pi krematsiyaga to‘g‘ri keladi, dafn marosimi esa taxminan 1000 funtga qimmatroq tushadi.
But while Hughes and supporters believe human composting is a win-win for both the environment and bank balances, it has faced opposition.
In the United States, the Catholic Church has campaigned against human composting wherever legislation has been introduced to implement it.
Back in 2022, when New York State was preparing to approve the practice, the state's Catholic Conference urged voters to contact its governor to voice opposition.
"The New York State Bishops oppose this bill because composting is a process typically used for household or agricultural waste, and does not provide the respect due to bodily remains," the Catholic Conference told the Catholic Courier newspaper at the time.
The Vatican itself has not spoken on the matter, but in 2016 did set out its position to recommend that the bodies of the deceased are buried in cemeteries or other sacred places.
While it does not oppose cremation, it does ban scattering of ashes.
The Anglican Church in Wales said it had been a member of the Law Commission consultation reviewing human composting, but an official said it had "not taken a position on proposed new funerary practices".
Biroq Hyuz va uning tarafdorlari insonni kompostlashni ham atrof-muhit, ham iqtisodiy jihatdan foydali deb hisoblasalar-da, bu usulga qarshilar ham oz emas.
Qo‘shma Shtatlarda Katolik cherkovi insonni kompostlashni qonuniylashtirishga qaratilgan har qanday tashabbusga qarshi kampaniya olib borgan.
2022 yilda Nyu-York shtati ushbu amaliyotni tasdiqlash arafasida bo‘lganida, shtat Katolik konferentsiyasi saylovchilarni gubernatorga murojaat qilib, o‘z e’tirozlarini bildirishga chaqirgan.
"Nyu-York shtati yepiskoplari bu qonun loyihasiga qarshi, chunki kompostlash odatda maishiy yoki qishloq xo‘jaligi chiqindilari uchun qo‘llanadi va u mayitga munosib hurmatni ta’minlamaydi", degan edi o‘shanda Katolik konferentsiyasi "Catholic Courier" gazetasiga.
Vatikan bu masala yuzasidan rasman munosabat bildirmagan, biroq 2016 yilda marhumlar jasadlarini qabriston yoki boshqa muqaddas joylarga dafn etishni tavsiya qiluvchi o‘z pozitsiyasini e’lon qilgan edi.
U krematsiyaga qarshi bo‘lmasa-da, kulni sochib yuborishni taqiqlaydi.
Uelsdagi Anglikan cherkovi insonni kompostlash masalasini ko‘rib chiquvchi Huquqiy komissiya maslahatlashuvida ishtirok etganini ma’lum qildi, biroq rasmiy vakil cherkov "taklif etilayotgan yangi dafn marosimlari bo‘yicha aniq bir pozitsiyani egallamagani"ni aytdi.
Hyuz maslahatlashuv natijasini kutayotgan bir paytda, ko‘pincha tabu deb hisoblanadigan ushbu mavzu bo‘yicha milliy miqyosda muhokama o‘tkazishga yordam bermoqchi ekanligini aytdi.
"Nazarimda, G‘arbda o‘lim haqida ochiq va samimiy suhbat qilishga qiynalganmiz. Bizning o‘limni inkor etishimiz Viktoriya davridan meros bo‘lib qolgan", deydi u.
"Lekin, menimcha, vaziyat o‘zgarmoqda".
U vaqti-soati yetganda o‘z tanasi ham terramatsiya qilinishini istaydi.
"Men o‘zim uchun shuni xohlayman. Men tabiatga nimadir qaytaradigan narsaga aylanishni va tanam shu orqali sharaflanishini istayman.
"Oxir-oqibat, sayyoraga yuzlanib: "Marhamat, azizam, mana senga 100 kg kompost, o‘zingni tiklab, bir nechta daraxt o‘stirib ol", deyishim mumkin. Ajoyib-ku bu, shunday emasmi?".































