Rossiya, Checheniston: Ramzan Qodirovdan keyin kim? - (Video)

Aslan Masxadov Ramzan Qodirov haqida shunday dedi:  "Otasi uyimizga kelardi, otasining yonida u ham kelardi. Ba’zan ko‘rishardik va gaplashardik".

Surat manbasi, TASS

Surat tagso‘zi, Aslan Masxadov Ramzan Qodirov haqida shunday dedi: "Ammo o‘sha payti men uning shunday bosh marianetkaga aylanishi mumkinligi hayolimga ham kelmagan".
O'qilish vaqti: 10 daq

Chechenistonning birinchi prezidenti Aslan Masxadovning o‘g‘li Anzor Masxadov uzoq yillar davomida jamoatchilik e’tiboridan chetda yashadi. Ammo Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini ortidan u yana omma oldida ko‘rina boshladi.

Rossiya, Checheniston: Qodirovdan keyin kim? mavzusidagi DIQQAT BBC dasturiga sahna ortidan nazar tashlash haqidagi video lavha BBC Uzbek ning TikTok sahifasida:

O‘tkazib yuboring TikTok post
TikTok контентига рухсат бериш

Ayni maqolada TikTok tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz TikTok havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas TikTok bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri TikTok post

U bir necha bor Kievga tashrif buyurdi, intervyular berdi va chechen muxolifati, urush va kelajak haqida ochiq fikr bildirdi. Bi-Bi-Si Rus xizmati bilan suhbatda u o‘z tanlovlari, otasi taqdiri, Qodirov rejimi va chechen xalqining kelajagi haqida gapirdi. Suhbatni Bi-Bi-Si Rus xizmati jamoasidan Ilya Barabanov olib borgan.

Dasturni quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Bi-Bi-Si Rus xizmati bilan suhbatda Anzor Masxadov o‘z tanlovlari, otasi taqdiri, Qodirov rejimi va chechen xalqining kelajagi haqida gapirdi.
Surat tagso‘zi, Bi-Bi-Si Rus xizmati bilan suhbatda Anzor Masxadov o‘z tanlovlari, otasi taqdiri, Qodirov rejimi va chechen xalqining kelajagi haqida gapirdi.

Anzor Masxadov: Men - Anzor Masxadov. Hozir Yevropada yashayman.

Bi-bi-si: Nega aynan hozir Rossiya rasmiylari sizni eslab qoldi va sizga xorijiy agent maqomini berishdi? Bu qarorga e’tiroz bildirib, mahkamaga tortmoqchimisiz?

Anzor Masxadov: Bu haqda o‘ylamayman ham. Men u davlatning fuqarosi emasman, men Sovet Ittifoqining fuqarosi edim.

Bi-bi-si: Ramzan Qodirov, hukumatga kelganidan keyin chetga chiqib ketgan Checheniston muxolifati yetakchilarini hamda dala qo‘mondonlarini vatanga qaytarish bo‘yicha faol ishlar olib borgan edi. Gruziya hukumatining sizni vataningizga qaytashirshga ishtiyoqlari ham bo‘lgan.

Anzor Masxadov: O‘zga yurtda yashash juda qiyin, asosan tushingizga vatan, tug‘ilib o‘sgan joylar kirganda odam qiynaladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar hech qachon bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Men na Qodirov bilan, na Daudov kabi Checheniston xalqiga xoinlar bilan aloqaga chiqishni o‘zimga ep ko‘rmayman. Qanday-dir kishilarni yuborishgan, men ilgari tanigan kishilar orqali xabarlar jo‘natishganlarini nazarda tutyapman. Boshida "mana otangni o‘ldirishdi, nega kelmayapsan" deya iltimos qilishardi. Lekin men ularni uzoqqa jo‘natardim. Men o‘z fikrimda qat’iyman, men o‘z yo‘limdan qaytmayman, derdim. Senga hammasini berishadi, senga hech nima bo‘lmaydi deyishardi. Lekin yana rad etdim. Keyin tahdidlar boshlandi.

“Turli hil harbiy bo‘linmalar mavjud bo‘lib, shular tarkibidagi 100 ta askardan 5-6 nafari chechenistonlik bo‘lishi mumkin, har bir qishloqda o‘lgan askarlar bor, ularni dafn etishadi. Ikkita urush ko‘rgan bizning xalq uchun bu juda katta yo‘qotish”, deydi Masxadov Ukarinada jang qilayotgan chechenistonlik askarlar haqida.
Surat tagso‘zi, "Turli hil harbiy bo‘linmalar mavjud bo‘lib, shular tarkibidagi 100 ta askardan 5-6 nafari chechenistonlik bo‘lishi mumkin, har bir qishloqda o‘lgan askarlar bor, ularni dafn etishadi. Ikkita urush ko‘rgan bizning xalq uchun bu juda katta yo‘qotish", deydi Masxadov Ukarinada jang qilayotgan chechenistonlik askarlar haqida.

Bi-bi-si: Nimaga bu taklifni rad etdingiz? Uyingizga qaytishni, uy-joy bilan ta’minlab, parlamentdan o‘rin berishni, hammasi yaxshi bo‘ladi deya taklif qilishgan bo‘lsa...

Anzor Masxadov: Hamma narsa ham sotib olinmaydi, men Checheniston xalqining ko‘ziga qanday qarardim? Meni xoin deb atashardi. Rus bosqonchilariga qarshi urushda jon bergan insonlar oldida qanday odam bo‘lardim? Rahmatlik otam hurmati, xoin bo‘lishni xohlamayman. Qarondoshlarimiz uyiga Qodirovchilar kelishgan. Ular mening faoliyatim bilan qiziqishgan. Qarindoshlarimdan mening qaerdaligimni va kim bilan yashashimni so‘raganlar. Yaqinlarim aslida mening yashash joyimni bilishmaydi. Mening Ukrainaga safarlarim haqida, mening Ukrainani qo‘llab-quvvatlashim haqida qiziqishgan. Men Ukraina tomonida kurashayotgan chechen jangarilarini dastaklayotganim haqida so‘rashgan. Masalan bugun men nima bilan shug‘ullanyapman? Men asosan yoshlar bilan muloqot qilyapman. Bir amallab, ularga respublikada qolish xavfli ekanini tushuntirishga harakat qilyapman. Istalgan vaqtda ularni jinoiy urushiga jo‘natishlari mumkin. Albatta, bu Qodirovga yoqmasligi aniq. Menga ma’lumot yetkazadigan yaxshi odamlar bilan aloqadaman, ular qandaydir yo‘llar bilan men bilan bog‘lanishadi. Shulardan biri menga "Qodirov yig‘ilishda sizning videongizdan keyin jahli chiqib, bu odam yo‘q qilish ro‘yxatida birinchi raqam bo‘lishi kerak deb aytdi" degan.

Bi-bi-si: Mana siz ularni jinoiy urushiga jo‘natadi, deyapsiz, lekin aslida buning aksi bo‘lmoqda, u o‘z xalqini urushga jo‘natmayapti, Alauddinov kabi qo‘mondonlar, jangchilari bilan Grozniyda o‘tiribdi, mamlakatda safarbarlik e’lon qilinganida, Qodirov bu mening Chechenistonliklarimga tegishli emas, dedi. Ko‘ryapmizki, ular Rossiyaning boshqa mintaqalaridan ko‘ngillilarni jo‘natishyapti, Bi-Bi-Si rus xizmati Rossiya tomonining bu urushdagi yo‘qotishlarini hisoblayapti, Qodirov o‘z askarlarini Baxmutni yoki shu kabi boshqa joyni qo‘lga olish maqsadida jo‘natishga shoshilmayapti.

Anzor Masxadov: Huddi shunday, turli hil harbiy bo‘linmalar mavjud bo‘lib, shular tarkibidagi 100 ta askardan 5-6 nafari chechenistonlik bo‘lishi mumkin, har bir qishloqda o‘lgan askarlar bor, ularni dafn etishadi. Ikkita urush ko‘rgan bizning xalq uchun bu juda katta yo‘qotish.

Masxadov: “Men 2022-yilda Ukrainaga bir necha bor borganman, aloqalarim bor, men ularni nafaqat chechenlar, balki u yerda jang qilayotgan ukrainlar, gruzinlarni ham qo‘llab-quvvatlayman. U erda Belaruslar ham bor”.

Surat manbasi, @NizamChannel

Surat tagso‘zi, Masxadov: "Men 2022-yilda Ukrainaga bir necha bor borganman, aloqalarim bor, men ularni nafaqat chechenlar, balki u yerda jang qilayotgan ukrainlar, gruzinlarni ham qo‘llab-quvvatlayman. U erda Belaruslar ham bor".

Bi-bi-si: 2022 yilgacha siz tinch hayot kechirdingiz. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan keyin siz Kievga bir necha bor tashrif buyurdingiz. O‘sha payti bergan intervyularda, ehtimol, u erga borib, rus qo‘shinlariga qarshi jang qilishim mumkin, deb aytgansiz. Bilishimcha siz Ukraina qo‘shinlari safiga qo‘shilmadingiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri janglarga ham bormadingiz. Ushbu tashriflaringizdan maqsad nima edi? Siz hozir Ukraina tomonida jang qilayotgan alohida qo‘shinlar tarkibida kurashayotgan chechenlarni qandaydir tarzda qo‘llab-quvvatlashda davom etyapsizmi?

Anzor Masxadov: To‘g‘risi, men o‘zim uchun, o‘z yurtim uchun, ozodlik, mustaqillik uchun kurashib bo‘lganman. Qandaydir ishim bilan vatanimdagi urushda qatnashishga muvaffaq bo‘ldim. Men bundan faxrlanaman deb ayta olmayman; chunki baribir bu urush, bu fojia. Men 2022 yilda Ukrainaga bir necha bor borganman, aloqalarim bor, men ularni nafaqat chechenlar, balki u yerda jang qilayotgan ukrainlar, gruzinlarni ham qo‘llab-quvvatlayman. U erda Belaruslar ham bor. Mening hozirgi faoliyatim har tomonlama ularga yordam berishdan iborat. Bu, birinchi navbatda, axborot yetkazish faoliyati. Haqiqatni gapirganlarni Putin xush ko‘rmaydi.

Bi-bi-si: Sizning Kievga qilgan tashriflaringizdan so‘ng, Oliy Rada barchaga ma’lum voqealar paytida chechen xalqiga qarshi qirg‘inni tan olishga ovoz berdi, bu amalda surgundagi chechen muxolifatiga nimani anglatadi? Ushbu hujjatdan qanday foydalanish mumkin? Yoki bu hech qanday oqibatlarga olib kelmaydigan siyosiy hujjatmi?

Anzor Masxadov: Chechen xalqiga qarshi urush hatto urush emas, balki chechen xalqiga qarshi qirg‘in edi. Biz aniq raqamlarni ayta olmaymiz, lekin Chechenistonda o‘ldirilganlar soni taxminan 300 ming bo‘lgan. Bugun bu yurtimiz ozodligi yo‘lidagi harakatimizning yutug‘i bo‘ldi, otalarimiz ham, urushda hayotdan ko‘z yumgan boshqalar ham aynan shu uchun kurashgan.

1999-yilda Shamil Basaev jangarilari Dog‘istonga bostirib kirganidan keyin Ikkinchi Chechen urushi boshlandi. Rossiya federal hokimiyati buni terrorga qarshi amaliyot deb atadi. Uning to‘lqinida Vladimir Putin birinchi marta Rossiya prezidenti etib saylandi.
Surat tagso‘zi, 1999-yilda Shamil Basaev jangarilari Dog‘istonga bostirib kirganidan keyin Ikkinchi Chechen urushi boshlandi. Rossiya federal hokimiyati buni terrorga qarshi amaliyot deb atadi. Uning to‘lqinida Vladimir Putin birinchi marta Rossiya prezidenti etib saylandi.

Bi-bi-si: Mamlakat tashqarisidagi muxolifat a’zolari o‘z chiqishlarida Rossiya-Ukraina urushining yakuniga Rossiyaning qandaydir ichki beqarorligi sabab bo‘lishi mumkin, bu esa go‘yoki yana mustaqil Chechen davlatning paydo bo‘lishini anglatadi, deb hisoblaydilar. Siz haqiqatan ham bunday holat kuzatilishi mumkinligiga ishonasizmi? Afsuski, biz guvohi bo‘layotgan tinchlik muzokaralarida boshqa ehtimoliy variantlar muhokama qilinmoqda. Shunday ekan, Rossiya Ukraina hududining qariyb 20 foizini egallab olishi mumkin bo‘layotgan bir paytda, Rossiya ichida qandaydir beqarorlik belgilari yo‘q. Bu haqda fikringiz qanday?

Anzor Masxadov: Men bu o‘zgarishlarga, va hozir Rossiyada hech bir o‘zgarish bo‘lishiga ishonmayman. Men noroziman demoqchimasman, aksincha, rus xalqining umuman tushunmasligiga hayronman. Nega ular jim? Nega ular o‘g‘illarini Chechenistonga jo‘natishganda jim bo‘lishgan? Ular o‘sha yerda o‘ldirilgan, rostdan ham bu haqda o‘ylamaganmidi? Nega ular bunga yo‘l qo‘yishadi? Putinga o‘z xalqini o‘ldirishga ruxsat berishadi. Haqiqatan ular o‘zlari haqida o‘ylamaydilarmi? Savollarim shulardan iborat. Ukraina bilan aloqalarga kelsak, albatta, biz yorqin kelajakka ishonamiz. Kuni kelib Putin ketishiga ishonamiz, uning malayi Qodirov ham ketadi, bizning yerimiz ozod bo‘ladi, boshqa xalqlar ham bu bosqinchilardan ozod bo‘ladi. Men ruslar ham bu Putin fashizmidan ozod bo‘lishini xohlardim.

1992-yilda polkovnik Masxadov iste’foga chiqib, Checheniston Respublikasiga qaytdi. Respublikaning birinchi rahbari Jaxar Dudaev uni Respublika Qurolli Kuchlari Bosh shtabining boshlig‘i etib tayinladi.
Surat tagso‘zi, 1992-yilda polkovnik Masxadov iste’foga chiqib, Checheniston Respublikasiga qaytdi. Respublikaning birinchi rahbari Jaxar Dudaev uni respublika qurolli kuchlari bosh shtabining boshlig‘i etib tayinladi.

1992-yilda polkovnik Masxadov iste’foga chiqib, Checheniston Respublikasiga qaytdi. Respublikaning birinchi rahbari Jaxar Dudaev uni respublika qurolli kuchlari bosh shtabining boshlig‘i etib tayinladi. Dudaevning o‘limidan so‘ng Masxadov general Lebedev bilan Birinchi Chechen kampaniyasiga yakun yasagan Xasavyurt bitimini imzoladi. Bir yil o‘tib, Masxadov 60 foizdan ortiq ovoz to‘plab, respublika rahbari uchun birinchi demokratik va raqobatbardosh saylovlarda g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng tinchlik keldi, lekin afsus uzoqqa cho‘zilmadi. 1999 yilda Shamil Basaev jangarilari Dog‘istonga bostirib kirganidan keyin Ikkinchi Chechen urushi boshlandi. Rossiya federal hokimiyati buni terrorga qarshi amaliyot deb atadi. Uning to‘lqinida Vladimir Putin birinchi marta Rossiya prezidenti etib saylandi.

2000-yillar boshida Chechenistonda hokimiyat tepasiga Qodirovlar oilasi keldi. 2004-yil 9-mayda Axmad xoji Qodirov Grozniy standionida portlatib yuborilgan. 2005-yil 8-mayda Aslan Masxadovni o‘dirishdi. Mustaqil Chechenistonning minglab tarafdorlari Rossiyani tark etib, o‘nlab yillar surgunda yashashga majbur bo‘lishadi.

Dudaevning o‘limidan so‘ng Masxadov general Lebedev bilan birinchi chechen kampaniyasiga yakun yasagan Xasavyurt bitimini imzoladi. Bir yil o‘tib, Masxadov 60 foizdan ortiq ovoz to‘plab, respublika rahbari uchun birinchi demokratik va raqobatbardosh saylovlarda g‘alaba qozondi.
Surat tagso‘zi, Dudaevning o‘limidan so‘ng Masxadov general Lebedev bilan Birinchi Chechen kampaniyasiga yakun yasagan Xasavyurt bitimini imzoladi. Bir yil o‘tib, Masxadov 60 foizdan ortiq ovoz to‘plab, respublika rahbari uchun birinchi demokratik va raqobatbardosh saylovlarda g‘alaba qozondi.

Bi-bi-si: Otangiz o‘limi haqida sizga kim xabar berdi?

Anzor Masxadov: Men Ozarbayjonning Boku shahriga tashrif buyurgan edim. Ortimda televizorda qandaydir ko‘ngilochar dastur ketayotgan edi. Keyin, birdan diktor reklamadan so‘ng tezkor yangiliklar bo‘lishini aytdi. Ko‘nglim darhol nimadir sezdi. Men oilamni olib, uyga ketdim. Birovning uyida yig‘lashni xohlamagan edim. Aynan shu yangilik bo‘lishini his qildim. Birinchi xabar, Tolstoy-Yurt qishlog‘ida maxsus operatsiya paytida, qisqa jang natijasida Aslan Masxadov o‘ldirilgan, deyishdi.

Bi-bi-si: Oxir oqibat u o‘ldirilgan edimi, yoki Rossiya federal hokimiyati aytganidek, qo‘riqlovchisi, qarindoshi tomonidan tasodifan otib o‘ldirilganmidi?

Anzor Masxadov: Ular go‘yoki bir chechen u turgan xonadon haqida xabar bergan, qo‘shnisi yoki uy egasi uni sotgan deyishgan. Lekin aslida hammasi boshqacha bo‘lgan. Ular mobil telefon aloqalari orqali otamning joylashgan joyini aniqlagan. Uni kim o‘ldirdi degan savolga to‘xtalsak... Agar qo‘riqlovchi uni o‘ldirgan bo‘lsa, uning tanasiga kirgan o‘q bir xil kalibrda bo‘lishi kerak edi, lekin ikki xil kalibrli o‘qlar turli yo‘nalishlardan tanasiga kirib kelgan. Bu degani, ikki xil quroldan turli yo‘nalishlardan unga o‘q uzilgan. Uning uyini qurshab olgan, vertolyotda kelgan odamlar bir necha kundan keyin o‘ldirilgan. Vertolyot qulab tushgan, har doimgidek, simlar o‘ralib qolganligi aytilgan. Bu Volxov-Yurt yaqinida sodir bo‘ldi.

Masxadov: "Ukraina Oliy Radasining barchaga ma’lum voqealar paytida chechen xalqiga qarshi qirg‘inni tan olishi bugun yurtimiz ozodligi yo‘lidagi harakatimizning yutug‘i bo‘ldi, otalarimiz ham, urushda hayotdan ko‘z yumgan boshqalar ham ay shu uchun kurashgan".

Surat manbasi, @NizamChannel

Surat tagso‘zi, Masxadov: "Ukraina Oliy Radasining barchaga ma’lum voqealar paytida chechen xalqiga qarshi qirg‘inni tan olishi bugun yurtimiz ozodligi yo‘lidagi harakatimizning yutug‘i bo‘ldi, otalarimiz ham, urushda hayotdan ko‘z yumgan boshqalar ham ay shu uchun kurashgan".

Bi-bi-si: Surgundagi chechen muxolifati haqida gapirganda, haqiqatan ham qandaydir birlashgan harakat haqida gapirish mumkinmi? Chunki mana siz o‘zingizni e’lon qildingiz, Zakaev o‘zini uzoq yillardan beri Londonda surgundagi chechen rahbari sifatida ko‘rsatib keladi. Yagona yetakchiga ega bo‘lgan birlashgan harakat bormi yoki bu o‘z g‘oyalariga ega bo‘lgan guruhlar yig‘indisimi?

Anzor Masxadov: Rostini aytsam, biz bunday bo‘lishini istamasdik, chunki birliksiz hech narsaga erisha olmaymiz. Aytmoqchimanki, agar biz respublika uchun, xalqimiz uchun biror narsa qilmoqchi bo‘lsak, hammamiz birgalikda, birlashgan kuch yaratishimiz kerak. Yetakchilik haqida hech qanday savol tug‘ilmasligi uchun. Chunki bu demokratik jamiyat, agar biz demokratiya haqida gapiradigan bo‘lsak, unga amal qilishimiz kerak. Biz hamma bilan aloqadamiz. Hamma men yoki boshqa odam qilayotgan faoliyatni olib bormoqda, lekin men hamma narsa bir joyda birgalikda amalga oshirilishini xohlayman. Qarama-qarshiliklar bor, kelishmovchiliklar mavjud. Muammo ham aynan shunda. Mana bu, vitse-prezidentimiz. Uni ham, uning o‘g‘lini ham Qodirov o‘ldirilgan. (Foto albomda surat ko‘rsatarkan.)

Bi-bi-si: Siz yoshligingizda Qodirov bilan tanish edingiz. O‘shanda bu yigitning ko‘zlariga boqib, undan bir necha yildan keyin bu bola, mana 15 yildan beri, balki umrning oxirigacha ham, respublikani boshqaradi deb tasavvur qilganmidingiz?

Anzor Masxadov: Albatta, men bu haqda o‘ylamagan bo‘lardim. Agar kimdir menga buni aytganida, men ishonmagan bo‘lardim. Do‘st edik deya olmayman, lekin tanish edik. Otasi bilan tez-tez salomlashardim. Otasi uyimizga kelardi, otasining yonida u ham kelardi. Ba’zan ko‘rishardik va gaplashardik. Ammo o‘sha payti men uning shunday bosh marianetkaga aylanishi mumkinligi hayolimga ham kelmagan.

Bi-bi-si: O‘sha paytda uning yetakchilik fazilatlari bormidi? Yoki u otasining soyasida bo‘lganmi?

Anzor Masxadov: Masalan, esimda qolgani, otamni qo‘riqlaydigan xavfsizlik hodimlari uni jiddiy qabul qilishmas edi. Ba’zida hazillar qilishar edi. Tagdor so‘z bilan uni masxara qilishardi.

@NizamChannel
Ukraina Oliy Radasining barchaga ma’lum voqealar paytida chechen xalqiga qarshi qirg‘inni tan olishi bugun yurtimiz ozodligi yo‘lidagi harakatimizning yutug‘i bo‘ldi.
Aslan Masxadov
Checheniston sobiq prezidentining o‘g‘li (Batafsil: BBC.COM/UZBEK da o‘qing)

Bi-bi-si: Uning sog‘lig‘i va u bilan nimalar sodir bo‘layotgani haqida suhbatlashadigan bo‘lsak... Xo‘sh, Vladimir Putin hokimiyati Moskvada saqlanib qolayotgani uchun Chechenistonda mavjud rejim o‘z o‘rnida qolayotganini nazarda tutgansak, hozir Qodirovning atrofidagilari orasida uning o‘rnini egallashga yaqqol nomzod kim? Bir paytlar u akam deb atagan Adam Zelenxonov haqida gapirishgan. Keyin ular o‘sha lavozimda bo‘lishi mumkin bo‘lgan Magomed Daudov haqida gapirishdi. Sizningcha, Qodirovning jamoasidan, agar unga nisbatan ortga qaytmas voqea ro‘y bersa, uning o‘rniga Chechenistonni kim boshqaradi?

Anzor Masxadov: Ishonchim komilki, ularning hammasi, Alaudinov, Daudov, Elmelxanov va boshqalar bu hukumatni boshqarishni istashadi. Ular hatto kuni kelib Qodirning bo‘lmay qolishiga umid qilishmoqda. Shulardan biri Qodirovning o‘rnini egallashi mumkin. Men bunga aminman. Ammo nazarimda, ular Daudovni tayyorlashyapti. Ammo harbiylar Alaudinovni ilgari surishmoqda.

Bi-bi-si: Sizningcha, urush davomida havfli haraktlari bilan tanilgan, Alouddinov respublikani boshqarishga jur’at etadimi? U hokimiyatni boshqarish kabi obro‘-e’tiborga egami?

Anzor Masxadov: Menimcha, yo‘q. Ammo Rossiya siyosatini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Shunchaki o‘tirib, o‘ylanasiz, lekin ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz. Masalan, Qodirovdek ruschani ham gapira olmaydigan, bu tilda fikrini aniq bildira olmaydigan ahmoqning shu kungacha yetakchi bo‘lib kelayotgani bunga bir misol. Shunday ekan, men har qanday voqealar rivojiga ishonishim mumkin.

Masxadov: "Uning uyini qurshab olgan, vertolyotda kelgan odamlar bir necha kundan keyin o‘ldirilgan. Vertolyot qulab tushgan, har doimgidek, simlar o‘ralib qolganligi aytilgan. Bu Volxov-Yurt yaqinida sodir bo‘ldi".
Surat tagso‘zi, Masxadov: "Uning uyini qurshab olgan, vertolyotda kelgan odamlar bir necha kundan keyin o‘ldirilgan. Vertolyot qulab tushgan, har doimgidek, simlar o‘ralib qolganligi aytilgan. Bu Volxov-Yurt yaqinida sodir bo‘ldi".

Bi-bi-si: Siz Yevropa Ittifoqidasiz, Dudaevning o‘g‘llari ham shu yerda, lekin hech biringiz surgundagi chechen muxolifatining qandaydir birlashtiruvchi yetakchisi bo‘lishga urinmagansiz. Garchi aynan siz mantiqan shunday qilishingiz mumkin deya taxmin qilinsa-da, siz bu mas’uliyatni qo‘lga kiritishga harakat qilmadingiz?

Anzor Masxadov: Chunki otalarimiz shunday bo‘lgan, bizni ham shunday tarbiyalashgan. Bizning otalarimiz mana Jahar Dudaev, mening otam kabilar hokimiyatga erishni istamagan. Bular portretlar osib, yodgorliklar o‘rnatishni olqishlamagan insonlar bo‘lgan. Ular pul haqida o‘ylamaganlar. Ular oddiy odamlar, chinakam vatanparvarlar edi. Men o‘zimni yetakchilikka davo qilishimni, o‘zimni yetakchiman deyishimni tasavvur qila olmayman. Diniy nuqtai nazardan ham bu noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki Islomda biror kishi hokimiyatga intilsa, uni rahbar etib tayinlash man etilgan. Bunday odamning hokimiyatga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, konstitutsiyamizga ko‘ra, qaysi bir shaxs kelib, "men sening rahbaringman, sen menga bo‘ysun" deyish ham taqiqlangan. Rahbarni xalq saylaydi. Hamma mamlakatlarda shunday qonun bor. Ya’ni, demokratik qonun. Yetakchi xalq tomonidan saylanishi kerak. Qolgan hammasi - bizning faoliyatimiz, qilayotgan ishimiz bizning vatan oldidagi burchimizdir.