"Qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni..."

Сурат манбаси, youtube
Shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentyabrida O‘sh viloyatida tavallud topgan. 1996 yil Toshkentda vafot etgan. Bir necha she‘riy kitoblar muallifi.
"Qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni..."
Jangda o‘lgan emas biror bahodir,
bari halok bo‘lgan xiyonatlardan,
toshday uxlaganda to‘shlarin ochib
yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan.
Biror asotirda bahodirlarni
hattoki yuz boshli ajdar yemagan,
ming bir sinoatli yalmog‘izlar ham
tog‘larni o‘ynagan devlar yengmagan.
Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan,
bariga orqadan sanchilgan xanjar.
Shunday bo‘lib kelgan azal-u azal
Mana shu jafokash, ko‘hna Vatanda.
Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig‘idan,
qayta tirilganday bo‘lardi nogoh
har bir bolakayning qorachig‘ida.
Ishongil, hech qachon seni aldamas
sofdil elatlarning asotirlari,
birorta bahodir o‘lganmas jangda,
qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni...
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio






























