"Tushdim, sakrab tushdim tilla tobutdan!.."

Muhammad Solih 1949 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning jurnalistika fakultetini, Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatgan.
Afu et meni
Taqlid qilolmadim, kechir, Vatanim-
Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.
Sapchib turgan esam, aybsitma meni,
Afu et, axir, men o‘lolmadim hech.
Kechir, sapchib turdim og‘ir uyatdan –
Tarixidan judo bo‘lgan xalq kabi
Kelajagi qaro insoniyatday –
Eng so‘nggi lahzada turdim men qalqib!
Turdim, sapchib turdim, o‘zimga keldim,
Shakkok farzandingni afu et, vatan –
Go‘zal kafanlarni egnimdan yuldim,
Tushdim, sakrab tushdim tilla tobutdan!..
1985
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio






























