Tyananmen va Andijon: o‘xshash va farqli jihatlar

Bundan 9 yil muqaddam Andijonning Bobur maydonida yuz bergan voqealar miqyosi jihatdan Tyananmen qirg‘iniga qiyoslangan edi.
Xitoydagi kabi O‘zbekistonda ham yuzlab namoyishchilarning o‘limiga olib kelgan qonli voqealarni xotirlash, ular haqida yozish taqiqlangan.
Har ikki hodisalardan keyin mavjud tuzumlarning qulashi haqidagi bashoratlar yangragandi.
Ammo Xitoyning kommunistik rahbariyati navbatdagi 5 yillik rejalarini tuzishda davom etarkan, Prezident Islom Karimov yana bir muddat prezidentlikda qolishini e‘lon qildi.
BBC Tyananmen va Andijon voqealari, Xitoy va O‘zbekistonning o‘xshash va farqli jihatlari haqida AQShdan sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatlashgan.
-------------------------------------------------------------------------------------------
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002
Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.






























