Pokiston Afg‘onistonda kamida 100 kishini o‘ldirdimi? (video)

Vayron etilgan davolash markazidagi erkak.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Kobuldagi bangilarni davolash markazi hujum oqibatida vayronaga aylangan.
    • Author, Yama Bariz
    • Role, BBC Afg‘on
    • Reporting from, Kobul
    • Author, Ketrin Armstrong
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Afg‘oniston poytaxtidagi bangilarni davolash markaziga qilingan hujumda o‘nlab odamlar o‘ldirilgan. Ko‘plab yaralanganlar bor.

Tolibon hukumati dushanba kuni kechki payt qilingan ayni hujum uchun Pokistonnni ayblamoqda.

Davolash markazi butkul vayronaga aylangan.

BBC muxbiri 30 nafardan ko‘proq qurbonning jasadi olib chiqilganiga guvoh bo‘lgan.

Tolibon vakillari yuzlab odamlar o‘ldirilgan, deyishmoqda. Biroq buni tasdiqlashning iloji bo‘lmadi.

Pokiston davolash markazini nishonga olganini rad etmoqda.

Islomobodga ko‘ra, ular "harbiy qurilmalarni va terrorchilarni qo‘llovchi infratuzilmani aniq nishonga olishgan".

O‘tkazib yuboring TikTok post
TikTok контентига рухсат бериш

Ayni maqolada TikTok tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz TikTok havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas TikTok bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri TikTok post

Vayron etilgan davolash markazi.

Surat manbasi, EPA/Shutterstock

Surat tagso‘zi,

Davolash markazida 2000 nafarga yaqin odam davolangan.

Bu borada aytayotgan Tolibon rasmiylari qurbonlar soni yuzlarcha ekaniga ishonishlarini urg‘ulashadi.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi voizi Sharofat Zamon Amarxaylning bildirishicha, markaz yaqinida hech qanday harbiy inshootlar bo‘lmagan.

Kobulliklarning aytishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 20.50 atrofida ular qattiq portlash ovozini eshitishgan va keyin uchoq hamda havo mudofaasi tizimi saslari yangragan.

Tolibon hukumati voizi nobud bo‘lganlar soni kamida 400 nafar, demoqda.

Biroq bu raqamlarni hali mustaqil manbalardan tasdiqlash imkoni bo‘lmadi.

Pokiston Axborot vazirligiga ko‘ra, Afg‘onistonning Kobul shahri va Nangarxor viloyatiga hujumlar "o‘ta aniq bo‘lib, ular ehtiyotkorlik bilan qo‘shimcha zarar bo‘lmasligi chorasini ko‘rishgan".

Islomobod vakillari Afg‘oniston tarafi da’volarini "faktlarni buzib ko‘rsatish... ...his-tuyg‘ularni qo‘zg‘ab, chegara osha (qilingan) terrorizmni qo‘llash harakatlarini noqonuniy ravishda xaspo‘shlashga urinish", deb izohlashmoqda.

Bangilar to‘planadigan bu joy ilgari AQSh harbiy bazasi bo‘lgan.

Ammo 2021 yili qudratga qaytgan Tolibon ayni joyni bangilarni davolash markaziga aylantirgan.

Kobuldagi giyohvandlarni terib, ushbu markazga keltirishgan.

Qutqaruvchilar, bugun seshanba kuni ham omon qolganlarni izlashgan.

Kun chiqqandan keyin hujum miqyosi ham ko‘zga tashlangan.

Bino vayronalari orasida sochilib yotgan kampallar, oyoq kiyimlari va yonib ketgan deraza romlarini ko‘rish mumkin.

BBC
Markaz yaqinida hech qanday harbiy inshootlar bo‘lmagan
Sharofat Zamon Amarxayl
Afg‘oniston SSV voizi (Batafsil: bbc.com/uzbek vebsahifasida).
Davolash markazi vayronasi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi,
Hujumdan keyingi markaz.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, markazda minglab odamlar davolangan.
Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

O‘tgan oktyabrda otashkesimga rozi bo‘lishgan esa-da, Afg‘oniston va Pokiston so‘nggi bir necha oy davomida to‘qnashib kelishmoqda.

BMTning Afg‘onistondagi Yordam Missiyasi (YuNAMA) vakillariga ko‘ra, fevral oyi oxiridan beri ikki qo‘shni o‘rtasidagi chegara osha hujumlarda kamida 75 kishi halok bo‘lgan, 193 nafar odam yaralangan.

Xitoy tanglikni yumshatishga urinmoqda.

Pekin vakillari o‘tgan hafta har ikki taraf Tashqi ishlar vazirlari bilan telefonda gaplashgan.

Dushanba kuni esa Xitoy tomonlarni "ilk imkoniyat bo‘lishi bilanoq" otashkesimga borishga, "og‘ir- vazminlik bilan o‘zlarini tiyishga hamda iloji boricha tezroq yuzma-yuz uchrashishga" chaqirgan.