Andijon qirg‘ini guvohi BMTga shikoyat qildi

Ўқилиш вақти: 1 дақ

Gollandiyada boshpana topgan Husanboy Ro‘ziyev yuzlab namoyishchilarning o‘limi yuzasidan O‘zbekiston hukumatidan hisob so‘rashni talab qilgan andijonlik birinchi qochqindir.

Andijon voqealarining navbatdagi sanasi arafasida taqdim etilgan shikoyat arizasi Parijdagi "O‘tyuraklar klubi" inson haqlari tashkiloti hamda AQShda joylashgan "Huquqiy tashabbus-ochiq jamiyat" guruhi tomonidan tayyorlangan.

Birlashgan Millatlarning Jenevadagi Inson Haqlari Qo‘mitasiga topshirilgan arizasida 41 yoshli Husanboy Ro‘ziyev 2005 yilning 13 mayida Andijonda yuzlab begunoh insonlarining o‘limiga olib kelgan voqealarga guvoh bo‘lgani va o‘zining O‘zbekiston hibsxonasida shafqatsiz qiynoqlarga tutilgani haqida hikoya qiladi.

Husanboy Ro‘ziyev qonli voqealargacha "akromiy" deya tamg‘alangan tadbirkorlardan birining un ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilgan.

U o‘z rahbariga qarshi ko‘rsatmalar berish uchun "dahshatli qiynoqlar"ga tutilganini aytadi.

Uzoq muddat kasalxonalarda davolangan Husanboy 13 may kuni o‘qlari yomg‘irlari omon qolgan.

U bugun kunda oilasi bilan Gollandiyada istiqomat qiladi.

<link type="page"><caption> Husanboy Ro‘ziyev 2010 yilda o‘z boshdan kechirganlari haqida BBCga gapirib bergan.</caption><url href="http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110509_latin_talkingpoint_husanboy.shtml" platform="highweb"/></link>

O‘zbekiston hukumati Andijonda islomiy isyonchilar hokimiyatni bosib olishga uringani va aksariyati terrorchilardan iborat 187 kishining halok bo‘lganini aytadi.

Guvohlar va inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra esa, bundan 9 yil avval Prezident Karimov hukumati Andijonda adolat talab qilib chiqqan yuzlab, asosan qurolsiz namoyishchilarni o‘qqa tutgan.

BBC Husanboy Ro‘ziyevning shikoyat arizasi va Andijon voqealari haqida Parijda yashayotgan huquq faoli Mo‘‘tabar Tojiboyeva bilan suhbatlashgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002