O‘zbekiston: Sofly mojarosida og‘ir ayblov

Surat manbasi, gazeta.uz
O‘zbekiston hukumati bilan huquqiy bahsga kirishgan Sofly shirkati ishida yangi ayblov ilgari surildi.
Sofly va uning asoschisi Maksim Poletaev huquqlarini himoya qilayotgan Amsterdam & Partners LLP shirkati O‘zbekiston hukumatini "tujjoriy garovga olishni to‘xtatish", yuridik mojaroga kirishishning xalqaro standardlariga mos ish tutishga chaqirdi.
Amsterdam & Partners LLP e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, "SOLFY va O‘zbekiston Milliy Banki o‘rtasida muhokamalar davom etib turgan bir vaqtda SOLFY O‘zbekiston bosh direktori Hasanov O‘ktam to‘satdan yarim tunda ushlangan, bu hoynahoy, SOLFYdan maksimum foyda olish maqsadida tashkil etilgan".
Sofly asosiy sarmoyadori Maksim Poletaev fintex shirkati bilan O‘zbekistonda yuz berayotgan so‘nggi hodisalarni biznesni tortib olish maqsadidagi bosim deb ta’rifladi.
Sofly Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tgan fintex shirkat.
U O‘zbekistonda Sabzi to‘lov tizimi sifatida faoliyat yuritadi.
Shu yil fevralida qarorgohi London va Vashingtonda joylashgan Amsterdam & Partners LLP xalqaro huquq firmasi Sofly bilan O‘zbekiston Milliy Banki o‘rtasidagi yuridik bahsda Sofly hamda Maksim Poletaev huquqini muhofaza qilishga kirishganini e’lon etgan edi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat banki O‘zbekistonning to‘liq davlat nazorati ostidagi banki hisoblanadi.

Surat manbasi, sabzi.uz
Yana bir o‘zbekistonlik Ukraina urushida qatnashgani uchun qamaldi
O‘zbekistondagi gazeta.uz nashri xabar qilishicha, Andijon viloyati Marhamat tuman sudi Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan qatnashgan 26 yoshli D.M.ga uch yillik qamoq jazosi belgiladi.
gazeta.uz yozishicha, D.M. 2021 yili Rossiyaga pul ishlab topish maqsadida borgan.
2022 yil sentyabrigacha otasi bilan birga turli ishlarda ishlab yurgan.
2022 yil sentyabrida otasi bir mahalliy rus kishi bilan tortishib qoladi.
Politsiya ota-bolani qamab qo‘yadi va Ukrainadagi urushda qatnashish uchun shartnoma imzolasa ozod etish shartini qo‘yadi.
"Ilojsizlikdan rozi bo‘lib, 3 oy muddatga ular bilan shartnoma imzoladim", — degan sudda D.M.
D.M.Lugansk shahrida harbiy o‘quvdan o‘tgan, keyin oshpazlik qilib, oshxonada ishlagan.
Uch oylik shartnomasi muddati tugaganidan keyin Moskvaga qaytib kelib, ishini davom ettirgan.
U 2025 yil 22 aprelida Moskvadan Qozog‘istonga hujjatlarini kirdi-chiqdi qilishi zarur bo‘lib, kelganida ushlangan.
Starlink ta’qiqi yomon qonunmi?

Surat manbasi, YouTube/CACTUZ
Samarqand bojxonachilari O‘zbekistonga Starlink sun’iy yo‘ldosh uskunasini bojxona deklaratsiyasida qayd etmay olib kirishga harakat qilgan shaxsga nisbataan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.
O‘zbekistonlik taniqli iqtisodiy tahlilchi, Garvard professori Botir Qobilov ushbu xabarga munosabat bildirdi.
"Starlink uskunasini O‘zbekistonga olib kirish noqonuniyligini aytib qolishdi. Qonunchilikda shunday yozilgan bo‘lsa demak bu juda yomon qonun. Yana bir bor eslataman, ko‘chada 2026 yil.
Yangi texnologiyalardan foydalanishga taqiqlar barchaning zarariga ishlaydi. Agar kimdir tezroq internetdan foydalanaman desa bundan g‘araz niyat ko‘rish kerak emas. Toqqa hayking qilgani, kamping qilgani chiqqanda internetdan foydalanaman deb Starlink olib ishlatsa, uyda tezroq internetim bo‘lsin desa Starlinkdan yaxshiroq alternativa yo‘q.
Starlinkni mahalliylashtira olmaydi baribir hech kim. Urinish ham ahmoqona g‘oya.
Men uzoq masofaga uchsam samolyotimda Starlink bormi yo‘qmi deb tekshiryapman. Bo‘lsa, o‘sha avialiniyadan chipta olaman. Masalan, United Airlines Starlink qo‘yishni boshladi, aynan shuni deb unda Yaponiyaga uchdim. Qatar Airlinesda ham Starlink bor, aynan shuni deb Istanbul emas, Doha orqali tranzit qilayotgan edim.
Dronlarga o‘xshab Starlink uchun ham ta’qiq bu o‘zimizning progressni sekinlashtiradi", deb yozdi Botir Qobilov o‘zining Uzbekonomics Telegram kanalida.





























